Kirish

Men bu maqola orqali sizga dunyo iqtisodini tushuntirmoqchi emasman, balki hayotimizdagi pul oqimiga nisbatan dunyo qarashimizni qayta ko’rib chiqamiz. Bu borada o’zimdagi bor tajribalarimni bo’lishishga harakat qilaman. Ustozlar menga “Iqtisod” degan so’zni sodda qilib tushuntirib berishgan edi.

Iqtisod - bu bizga berilgan risqni to’g’ri taqsimot qilishimiz.

Bu yerda risq deganda faqatgina molu-dunyo ga tegishli narsa tushunilmaydi, balki: Sog’liq, farzandlar, solix do’stham risq. Lekin bu maqolada aynan pul haqida yozmoqchiman. Biz musulmonmiz va bizga keladigan risq haqida qayg’urmasligimiz buyurdi va bizga keladigan risq Allohning zimmasidaligi aytildi.

Alloh taolo aytadi: “Yerda o’rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir. U Zot ularning turar joylarini ham, borar joylarini ham bilur. Hamma narsa ochiq-ravshan Kitobda bordir” (Hud, 6).

Demak bizning vazifamiz, bizga berilgan pulni to’g’ri taqsimot qilishdan iborat. Internetda pulni boshqarish borasida bilimlar yetarlikcha va buni o’zingiz qidirib topsangizham bo’ladi!

Aslida, umrimiz bilan to’laymiz

Hamma harajatlarimizni aslida umrimiz bilan to’laymiz. Bir soat vaqtingiz necha pul turadi ? Keling buni hisoblab ko’ramiz.

Holat:

Do’stingiz telefon sotib oldi Iphone 17 Pro Max, siz esa: “nega unda bor menda yo’q” degan vaj bilan sotib olmoqchisiz. Yuqorida hisoblab ko’rgan edik sizning bir soat vaqtingiz 12500 so’m turadi. Endi Iphone 17 Pro Maxning narxi 18,000,000 so’m. Ho’sh siz bu telefonni qancha umringizga sotib olasiz ?

Demak siz bu telefonni olishingiz uchun 1440 soat ishlashingiz kerak ekan.

O’ylab ko’ring:

  • Bu telefon sizni 1440 soat ishlashizga arzidimi ?
  • Bu aslida sizga kerakmi o’zi ?
  • Bu qilayotgan harajatingiz qancha vaqtda o’zini oqlaydi ? …

Siz bu narsani har qanday haridingiz uchun ishlatsangiz bo’ladi. Misol uchun bizni jamiyatimizda odamlar hoyi-havasga berilib umrlarini katta qismini asli ularga kerak emas bo’lgan narsalarga sariflab yuborishadi. Misol tariqasida: To’y hashamlar, marosimlar, hashamdor remont va hokazo. Sanasak ohiri yo’q buni, lekin o’zimizga bitta savolni qo’yaylik aslida bu menga kerakmi o’zi ?

Odamlar nima deydi ?

Asosan, kerak bo’lmagan harajatlarimizni “odamlar nima deydi ?” deb qilamiz. Buni siz juda yaxshi bilasiz. Odamlarni rozi qila olmaysiz ! va buniham juda yaxshi bilasiz. Lekin meni maqsadim eslatib qo’yish. Odamlar nima deydi ? deb emas, bu aslida menga kerakmi o’zi ? sariflayotgan umrimga arzidimi ? degan va shunga o’xshagan savollar bilan o’ylab ko’ring. Hoyi-havasga beriligib umringizni zoye qilib qo’ymang.

O’lchangan narsani boshqara olasiz

Harajatlaringizni yozib boring, hattoki 3,000 so’mga bitta suv olsangizham yozib qo’yishni o’rganing. Oyni ohirida harajatlaringizni tekshira olasiz, agar orasida noto’g’ri harajatlaringizni ko’rsangiz, kelgusi oyda bu hatoni qayta qilmaslikga harkat qilasiz. Buning uchun instrumentlar yetarlicha, daftarga yozish mumkun yoki telefoningizga yozib borishingiz mumkun. O’zim ushbu dasturni ishlataman juda qulay. Dasturni yuklab olish uchun bu yerga bosing

RealByte Apps

Xulosa

Men harajatlarimni yozib borishni odat qilganimdan beri ancha nosog’lom harajatlarim bor ekanligini angladim. Va vaqt o’tishi bilan bu harajatlarimni kamaytirib kelyapman. Agar harajatlaringizni optimallashtirsangiz, vaqtingizni ishga emas balki oilangiz va farzandlaringizni tarbiyasiga sariflaysiz.

Nosog’lom harajatlaringiz bor ekan, buni badalini umringiz bilan to’layverasiz.